Prezident mutasaddilarga oktabrga qadar 30 ga yaqin davlat xizmatini xususiy sektorga berishni topshirdi. Davaktiv agentligining riyeltor va baholovchini imtihon qilish, Turizm qo‘mitasining gidlarga sertifikat berish vakolatlari xususiy sektorga o‘tishi mumkin.
Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiyasiga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi. Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab uzunligi 20 kilometrgacha bo‘lgan yo‘llarni ekspluatatsiyasi uchun e’lonlar davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.
2024-yil 1-iyuldan Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova tizimlari xususiy sektorga o‘tkaziladi. Suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflar ishlab chiqarish tannarxiga va boshqa majburiy to‘lovlarga kiritilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.
Prezident 1 avgustga qadar Toshkent jamoat transportiga xususiy sektorni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. Shunga qaramasdan, yil oxirigacha «Toshkent shahri misolida» Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, joriy etish rejalashtirilmoqda.
Davlat korxonalarining kvazifiskal xarajatlari yaxshiroq nazorat qilinadi, davlat korxonalariga ularning faoliyatiga mos kelmaydigan yangi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish va qurish taqiqlanadi. Prezidentning yangi farmoni bilan davlat korxonalari uchun boshqa taqiq va cheklovlar ham joriy etilmoqda.
Prezident qarori bilan bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi. Antimonopoliya qo‘mitasi tegishli takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib boradi.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan 2023-yilgacha davlat boshqaruvida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish maqsadida xususiy sektorga beriladigan davlat funksiyalari soni 3 baravarga oshiriladi. Jumladan, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish, dori vositalarini sertifikatlashtirish sohalarida davlat nazoratini xususiy sektorga o‘tkazish reja qilingan.
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi. Ularning yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.
1 iyundan boshlab xususiy sektor barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkaza oladi. Prezident qarori bilan xususiy sektorga imtihonlarni tashkil etish huquqi 1 apreldan berilishi qayd etilgan edi.
2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.
Prezident qarori bilan 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.
Haydovchilik guvohnomalarini olish imtihonlari xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Ichki ishlar vazirligi butun jarayonni nazorat qilish huquqini saqlab qoladi. Yangi tizimning 2021 yil davomida joriy etilishi kutilmoqda.
274 ta korxona, 109 ta gazeta va nashriyotlar, 26 ta axborot texnologiyalari korxonasi, 27 ta tibbiyot muassasalari, 12 ta yog‘-moy sanoati korxonasi va 31 ta vinochilik korxonasi to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting